Boysun tumanida 22- mart - Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimining o'rinbosarlari, tuman prokurori, tuman Ichki ishlar bo'limi boshligʻi, tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i, Davlat xavfsizlik xizmati bo‘limi boshlig‘i, nuroniylar Kengashi hamda tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib borayotgan tizim xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda, so'zga chiqqanlar, yigʻilganlarni va tizimda ishlayotgan barcha xodimlarni bugungi kun bilan tabrikladi hamda mahallalarda ijtimoiy muhitni yaxshilashdagi fidokorona mehnati bilan o‘rnak ko‘rsatgan soha xodimlariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yakunda, tuman madaniyat bo'limi xodimlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar barchaga bayram shukuhini ulashdi.
© Boysun tumani hokimligi veb-saytlari 2025