Bugun yurtimizning barcha hududlarida, viloyat, shahar va tumanlarida iftorlik dasturxonlari yozildi.
Jumladan, Boysun tumanidagi "Humo" tantanalar saroyida ham iftorlik dasturxoni yozilib, jamoat va diniy tashkilotlar, mahalladagi keksa nuroniylar, ko‘cha boshilari, mahalla faollari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Ko‘ksaroy” qarorgohida o‘tkazilgan iftorlik marosimidagi nutqi to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn tarzda uzatildi.
"Ezgu niyatlar ijobat bo‘ladigan muborak Ramazon oyida, Laylatul qadr kechasi arafasida turib, yurtimizda, butun dunyoda tinchlik va farovonlik, mehr-oqibat barqaror bo‘lishini so‘rab duolar qilamiz", - deya barchani qutladi yurtboshimiz.
Iftorlik so‘ngida Qur’on oyatlari tilovat etilib, Alloh taolodan xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab duolar qilindi.
© Boysun tumani hokimligi veb-saytlari 2025