Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
Mardlar maydoni
Tadbirlar / 2024-03-15

Boysun tumanidagi “Xoʻjabulgʻon” mahallasi adirliklarida “Navro‘z” umumxalq bayram sayli munosabati bilan, xalqimizning milliy o‘yinlaridan biri hamda mohiyatida mardlik, jasurlik, epchillik, qat’iyatlilik fazilatlarini mujassam qilgan chavandozlar o‘rtasida “Uloq-ko‘pkari” o‘yinlari o‘tkazildi.

Ushbu o‘yinlarda vohamizning turli hududlaridan kelgan 200 dan ziyod chavandozlar ishtirok etdilar.

“Uloq-ko‘pkari” o‘yinlarida g‘olib boʻlgan chavandozlar tuman hokimligi, sektor raxbarlari, Milliy gvardiya tuman boʻlimi va “xayri borning barakasi bor” degan naqlga amal qiluvchi fermer xo‘jaliklari hamda tadbirkorlar homiyliklarining esdalik sovgʻalari hamda pul mukofotlari bilan munosib taqdirlandilar.

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?