Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
“SIYОSIY-MA’RIFAT SOATI”
Tadbirlar / 2021-03-05

Bugun Boysun tumani hokimligi binosida "Siyosiy-ma’rifat soat" ning navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.

"Siyosiy-ma’rifat soati" da tuman hokimi, tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda tuman hokimligi apparat xodimlari ishtirok etdi.

"Siyosiy-ma’rifat soati"da quyidagi masalalarda ma’ruzalar tinglandi:

✅  Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida;

✅ Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari;

✅ Eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishning asosiy yo‘nalishlari;

✅ 2021-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish kontseptsiyasining mazmun va mohiyati;

✅ Intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari.

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 4 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?