Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
DEPUTAT VA YОSНLAR UCНRASНUVI
Tadbirlar / 2021-03-04

Bugun O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Boysun tuman Kengashi tomonidan tumandagi Boysun turizm va servis kollejida “Boysunda turizmni rivojlantirish istiqbollari: rejalar, imkoniyatlar va muammolar” mavzusida deputat va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashi deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollari, kollej o‘quvchilari va o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbir avvalida deputatlar tomonidan tumanimizda turizm, hususan eko turizmni rivojlantirish, yosh va iqtidorli hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning taklif va g‘oyalarini targ‘ib etish, Boysunning milliy hunarmandchilik salohiyatini rivojlantirish, Boysun brendini yaratish borasida amalga oshirilayotgan va amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar, qulaylik va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Partiyaning oldiga qo‘ygan muhim vazifalaridan biri hisoblanadigan turizm sohasini tumanda rivojlantirish borasida deputatlar o‘zlaridagi barcha imkoniyatlarni safarbar etishlarini bildirib o‘tishdi.

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiynayotgan muammo va kamchiliklar, taklif hamda loyihalarini aytib, deputatlardan tegishlicha javoblar olishdi.

Ochiq va samimiy o‘tgan uchrashuv davomida kelgusida ushbu sohani rivojlantirish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni kollej o‘quvchilarining ishtirokida amalga oshirish kelishib olindi.

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?