Boysun tumanidagi markaziy madaniyat uyida milliyligimizni aks ettirgan O‘zbek mentalitetiga xos bo‘lgan an’analarimiz targ‘ibotiga bag‘ishlangan “Qadriyatlar bebaho boyligimiz” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oila va Xotin- -qizlar Davlat Qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ozoda Parpiboeva Qodirjonovna, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirovalar tashrif buyurdi.
Tadbir qatnashchilari boysunlik ayollarning qo‘l mehnati bilan yaratilgan kashta, do‘ppi, sochpopuklar va milliy choponlar ko‘rgazmalari hamda ularning tikilish jarayonlari bilan tanishdi.
© Boysun tumani hokimligi veb-saytlari 2023