Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
“Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda
Tadbirlar / 2024-11-27

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Boysun tumanida daraxt nihollari ekish ishlari davom etmoqda

 Ayni kunlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Boysun tumanidagi belgilangan hududlar va tashkilot muassasalarida kech kuzgi mavsumda daraxt nihollarini ekish, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ko‘paytirib, agrotexnik talab asosida parvarishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 Xususan, Boysun tumani Chilonzor mahallasi hududida Boysun davlat O‘rmon xo‘jalining 2 gektar ko‘chatxonasi maydonida bugun erta tongdan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tuman Ichki ishlar bo‘limi,  tuman O'rmon xo'jaligi hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari jam bo‘lishib, “yashil” belbog‘ yaratish maqsadida daraxt va buta ko‘chatlari ekish tadbirida ishtirok etdilar.

 Tanlab olingan maydonning tuproq unumdorligi va sug‘orish tizimiga e’tibor qaratilgan bo‘lib, ushbu yer maydonini daryo suvidan sug‘orish belgilangan. Ma’lumot uchun, 2 gektar maydonda tashkil etilayotgan “yashil” belbog‘ hududidiga 1,5 mingga yaqin daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilib, bugunning o‘zida 1000 tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 5 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?