Boysun tumanida Otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbirlar va “Kinokarvon” loyihasi oʻtkazildi.
Boysun tuman Prokuraturasi tashabbusi bilan tuman Madaniyat markazi binosida 14-30 yoshdagi otaliqqa olingan 450 nafar yoshlar ishtirokida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Vatanga sodiq farzandlar” shiori ostida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
“Kinokarvon” loyihasi doirasida otaliqga olingan yoshlarga "Vatan ostonasida" nomli kinofilm hamda "Jadidlar" nomli videorolik namoyish etildi.
© Boysun tumani hokimligi veb-saytlari 2024