Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
Bilimlar kuni
Tadbirlar / 2024-09-04

Viloyatning barcha hududlarida bo'lgani kabi bugun Boysun tumanidagi maktablarda ham yangi o'quv yili o'zgacha kayfiyatda munosib qarshi olindi.

 Xususan, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanidagi 39-sonli maktabda o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etib, o‘qituvchi va murabbiylar, o‘quvchilar va ularning ota-onalarini “Bilimlar kuni” – yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan, barchani mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi shodiyonalari bilan muborakbod etdi.

Shuningdek, maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan 94 nafar 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘asi”ni tantanali topshirdi.

 “Bir  bo‘lsak  – yagona  xalqmiz,  birlashsak  –  Vatanmiz!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirlarda sektor rahbarlari, tuman hokimi o'rinbosarlari, tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etib, yangi o'quv yilida ta'lim jonkuyarlariga yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilashdi.

 Ma'lumot o‘rnida, Boysun tumanida 59 ta umumta'lim maktablari va 1 ta ixtisoslashtirilgan maktabda jami 24921 nafar o‘quvchi yoshlar tahsil olishmoqda. Shuningdek, 1-sinf o‘quvchilari esa 2515 nafarni tashkil etmoqda.

 

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 5 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?