Viloyatning barcha hududlarida bo'lgani kabi bugun Boysun tumanidagi maktablarda ham yangi o'quv yili o'zgacha kayfiyatda munosib qarshi olindi.
“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirlarda sektor rahbarlari, tuman hokimi o'rinbosarlari, tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etib, yangi o'quv yilida ta'lim jonkuyarlariga yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilashdi.
Ma'lumot o‘rnida, Boysun tumanida 59 ta umumta'lim maktablari va 1 ta ixtisoslashtirilgan maktabda jami 24921 nafar o‘quvchi yoshlar tahsil olishmoqda. Shuningdek, 1-sinf o‘quvchilari esa 2515 nafarni tashkil etmoqda.
© Boysun tumani hokimligi veb-saytlari 2025