Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
Oltin va kumush medallar topshirildi
Tadbirlar / 2024-06-27

Bu yil tumanimizda 1505 nafar o‘quvchi-yoshlar umumta’lim maktablarini bitirmoqda. Ulardan 61 nafari oltin va 14 nafari kumush medallar bilan maktabni tamomlamoqda.

Tuman hokimligida tashkil etilgan tadbirda 2023-2024 o‘quv yilini a’lo baholarga tamomlagan bitiruvchilarga tuman hokimi hamda mutasaddi rahbarlar tomonidan “Oltin medal” va "Kumush medal"lar tantanali tarzda topshirildi.

Shuningdek, tuman hokimi maktabni a’lo baholarga tamomlagan va o‘zining namunali xulq-odobi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan bir guruh bitiruvchi yoshlarning ota-onalari va o‘qituvchilarini erishilgan natija bilan tabrikladi.

So‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi sifat jihatidan keskin o‘zgardi. Ayniqsa, maktab ta’limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanib, bu borada tub islohotlar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi vaqtda tumanimizda 59 ta davlat umumta’lim maktablari bilan birga 1 ta ixtisoslashtirilgan maktab va 1 ta Barkamol avlod bolalar maktabi faoliyat yuritayotgani ushbu tizimda qisqa muddatda chuqur tarkibiy va sifat o‘zgarishlari yuz berganini ko‘rsatadi.

Muxtasar aytganda, maktabni bitirib chiqayotgan yigit-qizlarimizning har biri el-yurtimizning mehri va e’tiborida bo‘ladi.

 

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 4 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?