Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
Bayram munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbirlar / 2024-06-27

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Bugun Boysun tumani hokimligi binosida bir guruh jurnalistlar, ijtimoiy tarmoq faollari hamda soha vakillari uchun bayram munosabati bilan tadbir tashkil эtildi.

Tadbirda Boysun tumani hokimi Bahodir Shukurov matbuot xizmati, jurnalist va ijtimoiy tarmoq faollarining jamiyatimizda yuz berayotgan muhim o‘zgarishlar, ustuvor g‘oya va tashabbuslarning ma’no-mohiyatini aholiga tezkorlik va xolislik bilan yetkazish barobarida mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi beqiyos ekanligini ta’kidladi.

Tadbir davomida faxriy jurnalistlar, sektor rahbarlari hamda faollar tomonidan so‘z erkinligini ta’minlash, aholiga haqqoniy axborotlarni o‘z vaqtida yetkazib berish, mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, odamlarning ongu tafakkurini yuksaltirish, jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralik muhitini mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli va mashaqqatli faoliyatida soha faollariga ulkan yutuqlar hamrox bo‘lishini tiladi.

 

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 4 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?