Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
Xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish borasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

 

 

Bugun Boysun tumani hokimligida xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi bo‘yicha dastlabki amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tumandagi sektor rahbarlari va kotiblari, tuman hokimining birinchi va sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda mutasaddi tashkilot xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Respublikada “Ayollar daftari” tizimi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib borish bo‘yicha O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan tuman (shahar)larga biriktirilgan mas’ul xodimlari Qodirov Shavkat Jumaboyevich, Bobolov Qobil Abdiyevich, Noqulov Hasan Haydarovich hamda Uluqov Raxmatullo Doniyevichlar qatnashdilar.

Kun tartibida “Ayollar daftari” ning 6-bosqichi bo‘yicha bugungi kungacha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan Surxondaryo viloyati bo‘yicha shtab rahbari Shavkat Qodirov tomonidan tushunchalar berib o‘tildi. Shuningdek, tumandagi mas’ul xodimlar tomonidan qilinayotgan ishlari yuzasidan axborotlari eshitildi.

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 7 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?