Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
Tungi profilaktik tadbirlar 07 2025

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash maqsadida Boysun tumanida ham bir qator profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. 

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ-01-sonli Qarori hamda Surxondaryo viloyati prokurori va viloyat IIB boshlig‘i rahbarligida 25.12.2024 yilda "Jinoyatchilikni oldini olish  va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish" yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Boysun tumani hokimi, tuman prokurori, tuman Ichki ishlar bo'limi boshlig'i hamda tuman Davlat soliq inspekiyasi boshlig'i tomonidan reja-grafik asosida mahallalilarda kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimini amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda.

 Bugun tumani hokimi, tuman prokurori, tuman Ichki ishlar bo'limi boshlig'i hamda tuman Davlat soliq inspekiyasi rahbarlari tomonidan tumanning Mustaqillik, Obi, Tuzbozor mahallalarida mavjud savdo markazlari, odamlar gavjum bo‘lgan muassasa va tashkilotlarda tungi profilaktik o‘rganishlar olib borildi.

 

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 6 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?