Fuqarolar murojaatini tinglash, ularning muammolarini hal etish bugungi kunda har bir rahbar xodimning mas’uliyatli vazifasi hisoblanadi.
Boysun tumanida fuqarolar murojaatlari bilan tizimli ishlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Bugun Boysun tumani hokimligida bo'lib o'tgan navbatdagi fuqarolar qabulida, tuman hokimining birinchi va sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, Xalq qabulxonasi mudiri, tumandagi aloqador korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
20 nafarga yaqin fuqarolar tomonidan Ish bilan ta’minlash, tibbiyot, kadastr, elektr energiyasi, davolanish uchun yo‘llanma, ichki yollarni ta’mirlash, uy ta'miri, talaba krediti olishda amaliy yordam va boshqa masalalarda og‘zaki va yozma murojaatlar ko'rib chiqildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
© Boysun tumani hokimligi veb-saytlari 2025