Surxondaryo viloyati prokurori B.B.Babadjanov va Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i T.Ismoilov tomonidan Boysun tumani mahallalar “yettiligi” hamda tashkilot rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025 yildagi "2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 01-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Boysun tumanida chorak yakuni bo‘yicha qilingan ishlar muhokama qilinib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, “Hududlarda yo‘l transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan ishlar samaradorligini o‘tkazish va bu borada targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish” Qarori yuzasidagi masalalar barcha tashkilot rahbarlari va xodimlariga yetkazilib, tushuntirishlar berib o‘tildi.
© Boysun tumani hokimligi veb-saytlari 2025