Matbuot anjumanida Ommaviy axborot vositalari xodimlari, ijtimoiy tarmoq faollari, jamoatchilik vakillari shuningdek xalq ta’limi bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.
Dastavval tuman hokimi B.Shukurov tomonidan Boysun tumanida ta’lim sohasini rivojlantirish, mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.
Boysun maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufida 2024-yilda 59 ta umumta’lim maktabi, 1 ta ixtisoslashtirilgan maktabi hamda 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyat olib bormoqda. Maktablarda 24336 nafar o‘quvchilar ta’lim-tarbiya olmoqdalar. Shundan 12106 nafari qiz bolalarni tashkil qiladi.
Tumandagi barcha umumta’lim maktablarida 2023-2024-o‘quv yilida jami bo‘lib 24336 nafar o‘quvchi-yoshlarga 2218 nafar pedagog ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.
O‘qituvchilarning 1759 nafari (79.3%) oliy va 459 nafari (20.7 %) o‘rta-maxsus ma’lumotli pedagoglardan tarkib topgan.
2023-yilda jami 1 ming 349 nafar bitiruvchilardan (shulardan, 834 nafari qizlar) 1332 nafari OTMlarga hujjat topshirgan bo‘lsa, shulardan 300 nafari O‘zbekistondagi OTMlarga, 212 nafari xorijiy va xususiy OTMlarga o‘qishga kirishdi.
Tumandagi 2218 nafar o‘qituvchining 188 nafari oliy malaka (8.5 %), 406 nafar birinchi (18.3 %), 499 nafari ikkinchi (22.5 %), 666 nafari mutaxassis malaka toifali (30 %), 459 nafari (20.7 %) o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilardir.
Shuningdek matbuot anjumani yakunida Ommaviy axborot vositalari xodimlari, ijtimoiy tarmoq faollari, jamoatchilik vakillari tomonidan berilgan savollarga tuman hokimi B.Shukurov tomonidan tushunchalar berib o‘tildi.
© Boysun tumani hokimligi veb-saytlari 2024