Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
Matbuot anjumani

Bugun Boysun tumani hokimligi binosida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida Ma’naviyat va ma’rifat markazi Boysun tuman bo‘linmasi rahbari S.Gaziyeva ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida Ma’naviyat va ma’rifat markazi Boysun tuman bo‘linmasi rahbari S.Gaziyeva tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida tumanda o‘tkazilgan  Ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati hamda o‘tkazilgan tadbir va loyihalar hususida so‘z yuritildi.

Jumladan, “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Ma’rifatli jamiyat jaholatni qoralaydi”, “Jinoyatchilik va huquqbuzarlikka murosasiz”, “Yosh kitobxon”, “Kitobxon oila” tanlovlari shuningdek, respublika va vohamizdagi taniqli ijodkorlar, shoir, yozuvchi va san’atkorlar ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari hamda ma’naviyat festivallari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Matbuot anjumani davomida ijtimoiy tarmoq faollari, OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berilib, yil yakuniga qadar o‘tkaziladigan yirik loyihalar va tadbirlar yuzasidan rejalar aytib o‘tildi.  

  • Hozir saytda
  • 1 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?