Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
Boysun tumanida dasturlar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktabrdagi PK-408-sonli "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan Boysun tumanida joylarda ichki yo‘llar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz ta’minotini, ijtimoiy soha va boshqa infratuzilma ob’ektlarini yaxshilash, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bugun Boysun tumani hokimi B.Shukurov tumandagi “Gaza” mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Ma’lumot o‘rnida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktabrdagi PK-408-sonli qarori asosida “Gaza” mahallasida 8 km ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar 3,5 km ichki ko‘chalarda asfaltlash ishlari olib borildi.

Jumladan bugun “Gaza” mahallasining “Marvarid” ko‘chasining 321 m ichki ko‘chasiga asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan avvalroq “Gaza” mahallasidagi “Qorovul tepa”, “Atirgul”, “Yangi avod”, “Bodomzor”, “Muborak” ko‘chalarida ham qora qoplamali asfaltlash ishlari olib borilgan edi.

Shuningdek tuman hokimi ushbu mahallada olib borilayotgan ishlar, ishlatilayotgan qurilish materillari sifati bilan tanishdi va soha mas’ullari va quruvchilarga qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli amalga oshirish, o‘z muddatida yakunlab, fodalanishga topshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 1 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?