Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
"PRB Investment co" MCHJ ga qarashli sement ishlab chiqarish zavodi faoliyati bilan tanishildi.

2021 yilda Boysun tumanida umumiy qiymati 19 million AQSH dollariga teng bo‘lgan Sement ishlab chiqarish zavodining 1-bosqichi ishga tushirilgan edi.

Boysun tumanida ro‘yxatdan o‘tgan "PRB Investment co" MCHJ tomonidan Sayrob massivi Tillokamar uchastkasida rejalashtirilgan sement ishlab chiqarish loyihasi yiliga 200 ming tonna sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, loyihaning 2-bosqichi bo‘yicha ham ishlar boshlab yuborilgan.

Bunda qo‘shimcha texnologiyalar olib kelinib o‘rnatilishi natijasida “Klinker” maxsuloti ham shu yerni o‘zida tayyorlanishi rejalashtirilmoqda.

Bugun tuman hokimi B.Shukurov, tuman prokurori M.Hayitov, tuman hokimining o‘rinbosari M.Qodirov ishtirokida "PRB Investment co" MCHJ ga qarashli sement ishlab chiqarish zavodi faoliyati bilan tanishildi.

Tuman hokimining o‘rinbosari M.Qodirovning ma’lumotiga ko‘ra loyihaning 2-bosqichi 2023 yil sentabr oyida ishga tushirilishi mo‘ljallanib, natijada 50 nafar ishchi o‘rinlari yaratilishi va 8 mln AQSH dollarga teng investitsiya mablag‘i kiritilishi rejalashtirilgan.

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 4 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?