Bugun Boysun tumani hokimi B.Shukurov, tuman prokurori M.Hayitov, tuman hokimining o‘rinbosari Ch.Abdunazarov, M.Qodirov ishtirokida Darband mahallasida fermerlar va fermer xo‘jaligi xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Surxondaryo viloyat nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi Boysun tumanida joylashgan Darband nasos stansiyasining faoliyati o‘rganildi.
Ushbu Darband nasos stansiyasi 1986 yilda qurib ishga tushirilgan. Hozirda 4 dona nasos agregati mavjud bo‘lib,
2 dona texnik soz va 2 dona nasos agregati texnik nosoz. Mavjud nasos agregatlari ko‘p yillar uzluksiz ishlatilishi natijasida me’yor bo‘yicha belgilangan 830 L/sek suv chiqarish o‘rniga 650 L/sek suv chiqarmoqda, elektr-energiya o‘chishi va texnik nosozliklar natijasida bosimli quvurlar yorilishiga olib kelmoqda.
Darband nasos stansiyasi tumanning Dahnaijom MFY hududidagi 50 xonadon, Xo‘jabulg‘on MFY hududidagi
49 xonadon, Bibishirin MFY hududidagi 750 xonadon, Boshrabot MFY hududidagi 800 xonadon va Ko‘lqamish MFY hududidagi 613 xonadon jami 2262 xonadonlar va boshqa qishloq xo‘jaligi maydonlari bilan birgalikda jami 2886 gektar qishloq xo‘jaligi ekinlarini suv ta’minoti ushbu manbaga bog‘liq.
O‘rganish natijasida nasos stansiyasini zamonaviy elektr tejovchi agregatlari bilan ta’minlash borasida viloyat hamda respublika darajasidagi takliflar ishlab chiqilishi belgilanib, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tildi.
© Boysun tumani hokimligi veb-saytlari 2023