Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
USAID AYOLLAR UCHUN KASBIY TA’LIM DASTURINI BOSHLADI

2022 yil 19 sentabr, Toshkent, O‘zbekiston. Bugun AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) gender zo‘ravonligini boshdan kechirgan yoki unga duch kelishi mumkin bo‘lgan mingdan ziyod qishloq ayollari uchun mo‘ljallangan kasbiy ta’lim va tadbirkorlik sohasidagi o‘quv dasturini boshladi. USAID dastur bitiruvchilariga malakali ish qidirish va o‘z biznesini ochishda ham ko‘maklashadi. Tashabbus umumiy qiymati 3,4 Million AQSH dollariga teng bo‘lgan hamda Ayollarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bo‘lib, u mehnat bozorida o‘zbekistonlik qishloq ayollarini tadbirkor va malakali ishchi sifatida ishtirok etishiga ko‘maklashadi.

Joriy yilning 10-oktabr kuni  AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari Boysun tumanidagi hunarmandlar Malika Podshoyeva, Nilufar Jo‘rayeva hamda Feruza Xoliqovalarning hunarmandchilik markazlarida bo‘lib, ular tomonidan xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, o‘quv kurslari hamda hunarmandchilik maxsulotlari bilan yaqindan tanishdilar.

USAID O‘zbekistondagi missiyasi direktori Mikaela Meredit quyidagilarni ta’kidladi: "Gender zo‘ravonligining oldini olish va unga nisbatan choralar ko‘rish AQSH hukumatining inson huquqlari va gender tengligini ilgari surish, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga sodiqligining eng muhim jihati hisoblanadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj va gender zo‘ravonligini boshdan kechirgan ayollarga o‘qish va ishga joylashish imkoniyatlarini taqdim etish orqali USAID inklyuziv iqtisodiy o‘sish va xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlari kengayishini qo‘llab-quvvatlaydi".

Oxirgi yillarda O‘zbekiston hukumati gender zo‘ravonligiga qarshi kurashish borasida bir qator muhim choralarni amalga oshirdi, hususan, Xotin qizlarni tazyiq va  zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi Qonunning qabul qilinishi hamda 2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyaini amalga oshirish uchun 40 million AQSH dollari ajratilishi shular jumlasidandir.

Maxsus kasbiy malaka orttirishga ko‘maklashish, tadbirkorlik sohasida o‘qitish, murabbiylik va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali USAID ayollarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi ishtirokini rag‘batlantirib, gender zo‘ravonligining asosiy sabablaridan biri bo‘lgan qishloq joylardagi kambag‘allik muammosining hal etilishiga hissa qo‘shadi.

O‘quv mashg‘ulotlari Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida bo‘lib o‘tadi. Kasbiy tayyorgarlik doirasida bemorlarga qarash, hunarmandchilik, agrobiznes, gulchilik va pazandachilik sohalarini qamrab olinadi. Tadbirkorlik sohasidagi o‘qish moliyaviy boshqaruv, biznesni rejalashtirish, buxgalteriya hisobi va marketing yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tadi. Dastur bir qator nodavlat tashkilotlari, shu jumladan, "Oydin Nur", "Rahmdillik", "Mehrjon", "Nihol" hamda "Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi" tomonidan amalga oshiriladi.

2022 yil aprelidan buyon USAID ko‘magida O‘zbekistonning qishloq hududlarida istiqomat qilayotgan mingdan ziyod ayol-qizlar biznes va tadbirkorlik yo‘nalishlaridagi o‘quv dasturlarini bitirdi. Shulardan 100 nafardan ziyodi ishga joylashgan bo‘lsa, 300 nafari tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bundan tashqari, USAID ayollar boshqarayotgan hunarmandchilik, agroturizm va qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan 30 ga yaqin korxona faoliyatini ham moliyalashitirmoqda. Shuningdek USAID xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish jamg‘armasi orqali qishloq joylarda istiqomat qiladigan 200 nafar ayolni mikrobiznes ochish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 1 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?