Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
Ochiq muloqot

Boysun tumanida tabiiy gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvini isrof qilmasdan foydalanish borasida ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Normo‘minov hamda OAV xodimlari, ijtimoiy tarmoq faollari va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot davomida tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Normo‘minov tumanda 2022 yil 6 oy davomida tabiiy gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi borasida amalga oshirilgan ishlar, хususan “Obod qishloq obod mahalla” dasturi doirasida bajarilgan hamda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Birgina 2022 yilda tumanda tabiiy gaz tarmog‘iga yangi elektron qurilmalar o‘rnatilishi 2021 yilga nisbatan o‘sganligi hamda xozirda uzluksiz gaz ta’minlanmoqda. Elektr energiyasi ta’minotida ham uzluksiz tizimga o‘tilib, yangi transformatolar, elektr simlar hamda elektr ustunlari yangisiga almashtirib borilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek 2022 yilning 1-choragida tumandagi 1-sektor hududiga qarashli Xo‘jaidod mahallasining ichimlik suvini yaxshilash borasida 15,5 km suv quvurlari yotqizildi. Bundan tashqari Xo‘jadiyak qishlog‘i aholisining  ichimlik suvini yaxshilash borasida 20 km suv quvurlari bilan ta’minlash ishlari boshlab yuborildi.

Tumanda ichimlik suvidan noqonuniy tarzda fodalanib kelayotgan iste’molchilar haqida ham ma’lumot berildi. Ichimlik suvidan belgilangan qoidalar asosida foydalanishni nazorat qilish, aniqlangan noqonuniy holatlarni bartaraf etish boʻyicha tashkil etilgan ishchi guruhi Boysun tumanida reyd tadbirlarini oʻtkazgan vaqtda  Xoʻjamayxona-Boysun markaziy ichimlik suv tarmogʻiga noqonuniy ulanish holatlarining 30 tasi “Darband” va 3 tasi “Hunarmadlar” MFYda aniqlangan. Hozirda xuquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga asosan bayonnomalar rasmiylashtirilgan va tarmoqdan uzib qoʻyilgan.

Ochiq muloqot davomida OAV vakillari hamda ijtimoiy tarmoq faollarining qiziqtirgan savollariga javob berildi hamda 2022 yilning 3 choragida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar hususida bildirilgan takliflar inobatga olindi.

  • Hozir saytda
  • 5 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?