Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Boysun tuman 1-son politexnikumida 2025-2026 o‘quv yillari qabuliga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin qizlar bo'limi boshlig'i, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari, mahallalarning xotin qizlar faollari va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi mutaxassislari ishtirok etishd.
Seminarda politexnikum direktori Ro‘zigul Xolmo‘minova tomonidan O‘zbekiston Respui.blikasi Prezidentning 2024 yil 16-oktabrdagi PF-158 sonli farmoni va Vazirlar Mahkamasining "Kollej va texnikumlarda kasb (mutaxassislik) egallash istagida bo‘lgan xotin-qizlarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 516-son qarori mazmun mohiyati bilan tanishtirdi.
Shuningdek, seminar davomida yangi o‘quv yilida ochilishi mo‘ljallanayotgan kasblar haqida taqdimot qilinib, politexnikum imkoniyatlari, o‘quv ustaxonasida yaratilgan sharoitlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad: 9,11 sinf bitiruvchilari va "Hayot davomida ta’lim olish" istagidagi fuqarolar endi o‘z tumanlarida ham o‘qib, ham ishlab Dual ta’lim olishlari mumkinligi haqida ma’lumot berishdan iboratdir.
© Boysun tumani hokimligi veb-saytlari 2025