Murojaat va yechim: Fuqarolar qabuli
Bugun Boysun tumani hokimligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda, Boysun tumani hokimining birinchi o'rinbosari, Xalq qabulxonasi mudiri, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumandagi aloqador korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Fuqarolar tomonidan ish bilan ta’minlash, uy joy masalasi, ijtimoiy himoya, nafaqa puli tayinlash, davolanish uchun yo‘llanma, elektr energiyasi, yoshlar masalasi, ichki yollarni ta’mirlash, kadastr va boshqa masalalarda og‘zaki va yozma murojaatlar ko'rib chiqildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
© Boysun tumani hokimligi veb-saytlari 2025