Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
Tibbiyotdagi islohotlar

Tibbiyotdagi islohotlar — inson qadri uchun

Yangi yilda Surxondaryo viloyatidagi Boysun tumani aholisining uzoq yillardan buyon kutayotgan yana bir orzusi ushaldi. Olis va tog‘li tumanda buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekayotgan bemorlar endilikda shu yerning o‘zida tashkil etilgan zamonaviy muassasada davolanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimizning olis va chekka hududlarida ham o‘z samaralarini bermoqda. Joylarda yangi tibbiyot muassasalari barpo etilib, mavjudlari tubdan ta’mirlanayotir. Zamonaviy usulda jihozlanib, bemorlarning o‘z hududida zarur muolajalarni olishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Bunga chekka Boysun tumani tibbiyot birlashmasida yangi tashkil etilgan gemodializ bo‘limi ham yaqqol misoldir.

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 7 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?