Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
Mehnat yarmarkasi

 Boysun tumanida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkazildi. Yarmarkada 22 ta korxona va tashkilotlar 195 ta bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etdilar.

Boysun tumani prokuraturasi hamkorligida tuman   Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan "qizil" va "sariq" toifadagi mahallalarda aholi bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

 Mas’ullar tomonidan tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan hamda kasb-hunar egallamoqchi bo'lgan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va ulardan samarali foydalanish bo'yicha o'zlarining tavsiyalarini berib o'tdilar.

Ishga joylashmoqchi bo'lgan 15 nafar  fuqaroga Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan ishga joylashish to'g'risida yo'llanmalar berildi.

 Shuningdek, “ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ro'yhatiga kiritilgan band bo'lmagan 10 nafar hotin-qizlar kasb-hunarga o'qitilib, sertifikatlar berilgan  10 nafar xotin-qizlarga zamonaviy tikuv mashinkalari va tikuv jihozlari berilib, bandligi ta'minlandi.

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 5 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?