Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
Tibbiyotdagi islohotlar — inson qadri uchun

Bugun Boysun tumani prokuraturasining tashabbusi bilan 9-sonli oilaviy poliklinikasiga qarashli Bibishirin, Shirinobod va To‘da mahalla fuqarolari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikda kardiolog, travmatolog, xirurg, pediatr, oftalmolog, LOR, ftiziatr, pulmonolog, dermatolog, infeksionist mutaxassislari ishtirokida UTT, laboratoriya, tekshiruvlari o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rik davomida Respublika va viloyat klinikalariga borishi imkoniyati kam bo‘lgan “Ayollar”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” ro‘yxatida turgan hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar ishtirok etishdi.

Tibbiy ko‘rik davomida 244 nafar fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, shundan: 86 nafari 18 yoshgacha bolalarni tashkil qiladi. 254 nafar fuqarodan 116 nafar fuqaroda kasalliklar aniqlanib, ulardan 4 nafari  tumanda statsionar sharoitda 1 nafariga viloyatga qolgan 111 nafariga uyda ambulator sharoitda davolanishiga tavsiya berildi.

 

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 4 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?