Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
O‘zaro tajriba almashish

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazining 2023-yil 21-dekabrdagi 30/3014-sonli xatiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlari faoliyatini yanada takomillashtirish, mahalliy Kengashlarning sohadagi ijobiy yutuqlari, amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishish hamda ularning o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish va viloyatlar darajasidagi masalalar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2024-yilda mahalliy Kengash deputatlari hamda kotibiyat xodimlarining o‘zaro tajriba almashishini tashkil etish belgilangan.

Shuningdek, tajriba almashishda mahalliy Kengashlar deputatlari va kotibiyat xodimlari, Kengash doimiy komissiyalari ishini tashkil etish, nazorat-tahlil tadbirlari, deputatlarning saylovchilar bilan tizimli ishlashini yo‘lga qo‘yish, doimiy komissiyalar va sessiya majlislarini o‘tkazishga oid faoliyati bilan tanishish rejalashtirilganligi hamda Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi xodimlarining ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Shu munosabat bilan bugun Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi xodimlari hamda xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari hamda kotibiyat xodimlaridan iborat ishchi guruh Boysun tumani Kengashida tajriba almashishda bo‘lishdi.

Ishchi guruh tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatining sohadagi ijobiy yutuqlari, amalga oshirayotgan ishlari hamda deputatlar faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, Boysun tumanining diqqatga sazovor joylari, turizm salohiyati, va hunarmandlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

 

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?