Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
Boysun tumanining 2023 yil 3-chorak ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari
Ochiq ma'limotlar / 2023-10-21

Boysun tumanida 2023 yil 1 oktabr xolatiga doimiy aholi soni 123913 nafarni tashkil qiladi.

2023 yilnig 9 oylik yakunlari bo‘yicha Boysun tumanining barcha tarmoqlarida sezilarli o‘sish sur’atlari qayd etildi.

Sanoat

2023 yil 9 oylik yakunlari bo‘yicha Boysun tumanida 112,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlar ishlab chiqarilib o‘tgan yilga nisbatan 112,1 foizni, shu jamladan halq iste’mol mollari ishlab chiqarish 49,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 107,9 % ni tashkil etdi.

Investitsiya

2023 yilning yanvar-sentabr oylarida ko‘ra asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar xajmi 1786,7 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 135,2 % tashkil etdi.

Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning viloyatda yeng yuqori ulushi Boysun tumaniga to‘g‘ri keladi, ya’ni investitsiya bo‘yicha tumanning viloyatdagi ulushi 18,2 % ni tashkil etdi.

Qurilish

Boysun tumanida 2023 yilnig 9 oyi mobaynida jami 348,4 mlrd. so‘mlik qurilish pudrat ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 104,7 % ni tashkil etdi.

Xizmatlar

2023 yilning 9 oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 344,1 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 109,1 % ni tashkil etdi.

Qishloq xo‘jalii

2023 yilning yanvar-sentabr oylarida Boysun tumanining qishloq xo‘jalik maxsulotlari xajmi 1102,0 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,3 % ni tashkil qildi.

Chakana savdo

Tuman bo‘yicha  2023 yil 9 oyi davomida chakana savdo tovar aylanmasi 570,2 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 101,5 % ni tashkil etdi.

Boysun tuman statistika bulimi boshligi                         A.Saidov

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 1 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?