Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
BOYSUN TUMANINING IJTIMOIY-IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI
Ochiq ma'limotlar / 2023-05-26

Boysun tumanida 2023 yil 1 aprel xolatiga 39 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi mavjud 29551 ta oilada 122 448 nafar aholi istiqomat kiladi.

2023 yil 1-chorak davomida tumanda barcha sohalarda sezilarli darajada o‘sishga erishildi.

Sanoat

2023 yil 1-chorakda Boysun tumanida 22,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlar ishlab chiqarilib o‘tgan yilga nisbatan 111,4 foizni, iste’mol mollari ishlab chiqarish 14,2 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 137,6 % ni tashkil yetdi.

Investitsiya

2023 yilning yanvar-mart oylarida ko‘ra asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar 768,1 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 177,7 % tashkil etdi.

Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning viloyatda yeng yuqori o‘sish sur’ati Boysun tumanida kuzatildi, ya’ni investitsiya bo‘yicha tumanning viloyatdagi ulushi 25,8 % ni tashkil etdi.

Qurilish

2023 yil 1-chorakda Boysun tumanida jami 64,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 105,4 % ni tashkil yetdi.

Xizmatlar

2023 yilning yanvar-mart oylarida  ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 104,6 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 104,9 % ni tashkil yetdi.

Qishloq xo‘jalii

2023 yilning yanvar-mart oylarida qishloq xo‘jalik maxsulotlari xajmi 231,0 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,3 % ni tashkil yetdi.

Eksport savdo

2023 yilning 3 oyi mobaynida Boysun tumanida eksport xajmi 1225,7 ming AQSh dollarini tashkil yetib, o‘sish sur’ati 105,2 % ni tashkil etdi va viloyat tashqi savdo aylanmasi tarkibida Boysun tumanining ulushi 2,8 foizga yetdi.

Ichki savdo

Tuman bo‘yicha  2023 yil 1-chorakda chakana savdo tovar aylanmasi 172,3 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yil 1-chorakka nisbatan 102,0 % ni tashkil etdi.

Boysun tuman statistika bulimi boshligi                                          A.Saidov

2 izoh

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?