Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
Boysun tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Bahriddin Akramovning fevral oyi bo‘yicha hisoboti
Ochiq ma'limotlar / 2023-03-09

Boysunlik soliq to‘lovchilar tomonidan 4,9 mlrd  so‘m soliq to‘landi

Bugungi kunda Boysun tumanida 1829 nafar tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shundan 658 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlardir.

Ishbilarmonlar safining kengayishida soliq qonunchiligiga oid targ‘ibot tadbirlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni maqsadda, tuman soliq mutaxassislari tomonidan joriy yilning yanvar-fevral oylarida soliq qonunchiligiga oid yangiliklar, soliq stavkalari va berilayotgan soliq imtiyozlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tadbirkorlik sub’ektlariga yetkazish maqsadida 2 marotaba seminar va uchrashuvlar o‘tkazilib, sohalar kesimida davra suhbatlari tashkil etildi.

Shuningdek, 2023 yilning yanvar-fevral oylari yakuniga ko‘ra:

- Soliq to‘lovchilar o‘rtasida olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida tumandagi 32 ta korxonada norasmiy ishlab kelayotgan 91 nafar fuqarolar qonuniy tartibda faoliyat yurita boshladi. Jumladan, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridagi 33 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalaridagi 2450 nafar, qurilish korxonalaridagi 6 nafar hamda qishloq xo‘jaligi sohasidagi 29 nafar fuqarolarning faoliyati legallashtirilib, budjetga 10,9 mln so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi;

- 294 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tdi;

- Tuman soliq inspeksiyasiga  jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan  kelib tushgan 39 ta murojaatning 10 tasi ijobiy hal etildi. 18 ta murojaat yuzasidan tushuntirish berilib, 11 ta murojaat esa ko‘rib chiqish jarayonida;

- 107 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan 84,4 mln so‘mlik soliq imtiyozlari qo‘llanildi. Jumladan: mol-mulk solig‘idan 29,5 mln so‘m, yer  solig‘idan 8,5 mln so‘m, ijtimoiy soliqdan 2,3 mln so‘m, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan 40,5 mln so‘m va aylanmadan olinadigan soliqdan 3,6 mln so‘m miqdorida soliq imtiyozlari qo‘llanildi.

Bundan tashqari, fevral oyida Boysunlik soliq to‘lovchilar tomonidan jami 4,9 mlrd so‘m soliq to‘lanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan    0,048 mlrd so‘m  yoki 100,3 foizga o‘sishga erishildi.

Jumladan:

- jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘idan 0,264 mlrd so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan   0,012 mlrd so‘mga yoki 104,7 foizga;

- jismoniy shaxslar yer solig‘idan 0,443 mlrd so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan    0,099 mlrd so‘mga yoki 128,7 foizga;

- Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan 2,834 mlrd so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan   0,834 mlrd so‘mga yoki 141,7 foizga o‘sishga erishildi.

 

Bahriddin Akramov,

Boysun tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i

  • Hozir saytda
  • 9 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?