Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 68-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Kengash faoliyati / 2023-10-19

Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 68-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli qarorining tumandagi ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Boysun tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Qodirovning axboroti to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-sonli qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari-oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Jo‘raqulovaning hisoboti to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-57-sonli qarorining Boysun tumanidagi ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari F.Normamatovning hisoboti haqida.

Boysun tumanida 2023-2024-yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni talofatsiz o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimi o'rinbosari Sh.Normo'minovning hisoboti to‘g‘risida.

Boysun tumani bo‘yicha 2023-yil avgust va sentabr oylarida o‘tkazilgan ikkinchi bosqichda jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni ko‘rib chiqish va moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash to‘g‘risida

Boshqa masalalar

Boysun tumani hokimining 2023-yil 5-oktabrgi “Choriyev Soatmurad Doniyorovichni Boysun tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlash to‘g‘risida”gi 196-8-110-Q/23-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida

Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashining 13-Dashtig‘oz saylov okrugi deputati Choriyev Soatmurad Doniyorovichning deputatlik vakolatini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida.

Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashining 13-Dashtig‘oz saylov okrugida bo‘shab qolgan o‘ringa saylov o‘tkazish to‘g‘risida.

Boysun tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv jarayonlarining tashkil etilishi va yo‘l qo‘yilgan xato va kamchilliklarning kelib chiqish sabablarini o‘rganish jarayoni to‘g‘risida.

Boysun tumani budjetining joriy yil III chorak yakuniga ko‘ra daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

2023 yilning III-choragi davomida Boysun tuman mahalliy budjeti parametrlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

Boysun tumani mahalliy budjetining 2023 yil uchinchi chorak ijrosi to‘g‘risida

Sessiyada kun tartibiga qo‘yilgan masalalarning barchasi muhokama etilib, ko‘rilgan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar eshitildi hamda qarorlar qabul qilindi.

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 4 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?