Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining Navbatdagi 64-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Kengash faoliyati / 2023-05-24

Sessiya ishida tuman hokimi, sektor rahbarlari, deputatlar, tashkilot va korxona rahbarlari hamda faollar ishtirоk etdilar.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rildi:

Boysun tuman adliya bo‘limi boshlig‘i N.X.Mamadiyevning davlat organlari va tashkilotlari tuman bo‘linmalarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2023-yil I-chorak yakuni yuzasidan axboroti to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-sonli qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-104-sonli qarori yuzasidan tumanda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi “Tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 283-sonli, 2022-yil 26-yanvardagi “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-sonli qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5590-sonli Farmonining ijrosi yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentlig tumanda bo‘limi rahbarining hisoboti to‘g‘risida.

Boshqa masalalar

Boysun tumanidagi fermer xo‘jaliklari tomonidan shartnoma intizomi buzilishining hamda xo‘jalik faoliyati samarasiz yuritilishining aniqlangan holatlari yuzasidan Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman komissiyasining xulosasini tahlil qilish to‘g‘risida.

2023-yil 1-choragi davomida Boysun tuman mahalliy budjeti parametrlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida.

Boysun tuman aholisi va ijtimoiy soha ob’ektlarini 2023-yilda energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash to‘g‘risida.

Xalq deputatalri Boysun tuman Kengashi qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida

Surxondaryo viloyati hokimining qarorini tasdiqlash to‘g‘risida.

Sessiyada kun tartibiga qo‘yilgan masalalarning barchasi muhokama etilib, ko‘rilgan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar eshitildi hamda qarorlar qabul qilindi.

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?