Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 63-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Kengash faoliyati / 2023-05-03

Sessiya ishida tuman hokimi, sektor rahbarlari, deputatlar, tashkilot va korxona rahbarlari hamda faollar ishtirоk etdilar.

 

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rildi:

1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi «Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4102-sonli Qarori, hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2022 yil 1-mart kuni o‘tqazilgan «Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash borasida dolzarb vazifalar to‘g‘risida»gi Kengaytirilgan tarzda o‘tqazilgan videoselektor yig‘ilishini 18-sonli Bayonining 33-bandining ijrosi bo‘yicha tumanda 2023-yilning I-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Sektor rahbarlarining hisobotlari to‘g‘risida.

2 O‘zbekiston Respub1likasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida.

Boysun tumanining “Kosiblar”, “Dashtig‘oz” “Yuqori Machay”, “Bibishirin” va “Gaza” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ayrim ko‘chalarning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida.

3 Boysun tumanidagi “Hunarmandlar” mahalla fuqarolar yig‘ini nomini “Sariosiyo” nomiga o‘zgartirish to‘g‘risida.

Boysun tumanidagi ayrim ko‘chalarning nomlarini tasdiqlash to‘g‘risida.

 

Boshqa masalalar

4 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimining yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5633-sonli farmonining tumandagi ijrosi to‘g‘risida.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2023-yilga mo‘ljallangan namunaviy ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida.

5 Boysun tuman prokuraturasining 2023-yil 15-apreldagi 15-12/23-sonli taqdimnomasi to‘g‘risida.

6 Boysun tumani budjetining joriy yil I-chorak yakuniga ko‘ra daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida

Boysun tumani mahalliy budjetining 2023 yil birinchi chorak ijrosi to‘g‘risida

Boysun tumani hududida “Yashil bog‘” hamda “Yashil jamoat parki”ni tashkil etish to‘g‘risida

 

Sessiyada kun tartibiga qo‘yilgan masalalarning barchasi muhokama etilib, ko‘rilgan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar eshitildi hamda qarorlar qabul qilindi.

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 1 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?