Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 75-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Kengash faoliyati / 2024-07-03

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

Tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i T.Sarmanovning budjet daromadlariga 2024-yil 1-yarim yilligi mobaynida belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari hamda mahalliy budjetga qo‘shimcha manbalarni jalb qilish reja-topshirig‘i bo‘yicha qilingan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Boysun tuman bo‘limi rahbari Z.Rahmonovning hisoboti to‘g‘risida;

 

Xotin qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining 2024-yil 6-apreldagi 10-sonli bayonnomasi hamda, xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, tadbirkorligini rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan tumanda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida;

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5863-son farmonining 8-bandiga asosan tumanda olib borilayotgan ishlar yuzasidan viloyat ekalogiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tuman inspeksiyasi boshlig‘ining hisobot to‘g‘risida;

2024-yil 2-chorak davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida;

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 13 apreldagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlari va kotibiyati xodimlarining xorijiy mamlakatlarga chiqishi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish to‘g‘risida”gi KQ-710-IV-sonli qarori haqida;

Boshqa masalalar.

Sessiyada kun tartibiga qo‘yilgan masalalarning barchasi muhokama etilib, ko‘rilgan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar eshitildi hamda qarorlar qabul qilindi.

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 4 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?