Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025−2026 yillarga mo‘ljallanmoqda

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025−2026 yillarda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. U 2022 yilga reja qilingandi, ammo pandemiya tufayli keyinga qoldirilgan. Natijalar 2027 yilda e’lon qilinadi. Statistika agentligi qishloq xo‘jaligi sohasida ham ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘radi.

Prezident huzuridagi Statistika agentligiga 2025−2026 yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlarini tashkil etish vazifasi yuklatildi. Bu davlat rahbarining 5 martdagi qarori bilan tasdiqlangan rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»da nazarda tutilgan.

2024 yil davomida agentlik aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini davom ettiradi. Jumladan, agentlikka aholini ro‘yxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flaer va bukletlar tayyorlash, 2021 yilda o‘tkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirish vazifalari yuklatildi.

Shuningdek, agentlik xalqaro tajriba va ekspertlarning tavsiyalari asosida «Aholini ro‘yxatga olish» axborot tizimini takomillashtirishi va ro‘yxatga olish natijalari chiquvchi jadvallar namunalarini shakllantirishi, shuningdek, aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqishi kerak.

Aholini ro‘yxatga olish esa 2025−2026 yillarda o‘tkazilishi, natijalari esa 2026−2027 yillarda tayyorlanishi va e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun Boysun tumanida 2024 yil 1 iyul holatida doimiy yashovchi aholi soni 125617 nafarni, shu jumladan erkaklar 64387 nafarni, ayollar esa 61230 nafarni tashkil qiladi.

 

Boysun tuman statistika

bo‘limi boshlig‘i                                                               A.Saidov

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 5 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?