Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
"Haj" safariga yoʻl olishdi
Fotojamlanma / 2024-06-04

  39 nafar Boysun tumani fuqarolari muborak "Haj" safariga yoʻl olishdi

Muborak safarga borish har bir mo‘min-musulmonning orzusi. E’tirof etish joizki, Prezidentimizning diniy-ma’rifiy sohada olib borayotgan ishlari va Saudiya Arabistoni podshohligi bilan erishilgan kelishuv natijasida minglab vatandoshlarimiz ibodatlarni emin-erkin bajarish baxtiga erishmoqda. Bu borada ularga hukumatimiz tomonidan alohida amaliy yordam ko‘rsatilib, zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Bugun Boysun tumanidan 39 nafar fuqarolar ham muborak "Haj" safariga yo‘l oldilar.

Muborak "Haj" safariga ketuvchi fuqarolar uchun dasturxon yozilib, yurtimiz, yurtboshimiz, xalqimiz uchun duoda bo‘lishliklari, "Haj" amallari va odob ahloqlari yuzasidan samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi.

Yaratganning bayti sari yo‘l olayotgan, orzulari ushalgan tumandoshlarimiz eson-omon ziyorat qilib kelishni so‘rab, xayrli duolar qilishgan bo‘lsa, kuzatuvchilar Ka’batullohga borish ularga ham nasib etishini dillariga tugishdi.

Shuningdek, tadbir davomida nuroniy otaxonlar tomonidan yurtimizdagi jamiiyki ulug‘ ajdodlarimiz ahli musulmonlar haqiga duolar qilindi va fuqarolar "Haj" ziyoratini ado etish uchun safarga jo‘nab ketdilar.

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 6 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?