Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
DIQQAT! TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI BOYSUN TUMANIDA GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI.
E‘lonlar / 2022-04-28

Boysun tumanida gaz quvurlarini ta‘mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli 2022-yilning 28-aprel  kuni soat 11:00 dan 15:00 ga qadar 4160 ta aholi xonadonlari va 46 ta ulgurji iste’molchilarida  tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Tabiiy gaz oʻchirilishi munosabati bilan xonadoningizdagi gaz jihozlarini nazoratsiz qoldirmang.

Ta‘mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali ta‘mirlash ishlari tufayli yetkazilgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?