O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tumandagi Madaniyat markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Boysun tumani hokimi Bahodir Shukurov ishtirok etib, tumanimiz ahli hamda tadbir ishtirokchilarini samimiy qutladi.
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari o‘tgan tarixan qisqa davrda murakkab shakllanish yo‘lini bosib o‘tdi va bugungi kunda son jihatdan ixcham, harakatchan, zamonaviy talablarga javob beradigan, yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan armiya sifatida o‘zini namoyon etmoqda.
Bugungi kunda armiyamiz nafaqat Vatanimiz chegaralarini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilmoqda, ayni paytda u harbiylarimizda mustahkam iroda va fe’l-atvor, mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadigan, jismoniy chiniqish va yuksak insoniy fazilatlar kamol topadigan haqiqiy hayot maktabiga aylandi. Muddatli harbiy xizmatga chaqiruv chog‘ida chaqiriluvchilarning sog‘ligi, bilim va ko‘nikmalari, dunyoqarashi sinovdan o‘tkazilayotgani Qurolli Kuchlarimiz nufuzi va qudratini yanada oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.
Shuningdek tadbirda san’atkorlarning kuy qo‘shiqlari, yosh harbiylarning sahnaviy chiqishlari tadbir qatnashuvchilarida o‘zgacha kayfiyat ulashdi.
© Boysun tumani hokimligi veb-saytlari 2025