Surxondaryo viloyat prokuraturasi tomonidan 2024-yilda “Jinoyat va huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sharoit yaratgan omillarni bartaraf etish” yuzasidan o‘tkazilgan idoralararo yig‘ilish bayonnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida Boysun tumani hokimligida tuman prokurori M.Hayitov, sektor rahbarlari hamda mahalla “yettiligi” ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda tuman prokurori M.Hayitov tomonidan 2024-yil 26-dekabrda jinoyat va huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sharoit yaratgan omillarni bartaraf etish yuzasidan o‘tkazilgan idoralararo yig‘ilish bayonnomasi ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasining ijrosi bo‘yicha yirik savdo majmualari va omborxonalarning texnik qo‘riqlovga olinishini tashkil etish, Milliy gvardiya tomonidan jamoat joylari hisoblangan bozorlar, savdo komplekslari, umumiy ovqatlanish va shu kabi aholi gavjum joylarda “SOS” tezkor chaqiruv tugmalarini o‘rnatish, aholi o‘rtasida o‘z buyumlariga e’tiborli bo‘lish to‘g‘risida targ‘ibot ishlarini amalga oshirish, fuqarolarni ogohlikka chorlaydigan materiallarni muntazam ravishda namoyish etish choralarini ko‘rish bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tildi.
Shuningdek yig‘ilish davomida tuman IIB bo‘limi, Milliy gvardiya tuman bo‘linmasi hamda mahalla “yettiligi ishtirokida doimiy hamkorlikda ishlarni tashkil etish borasida tavsiya va yo‘riqnomalar berildi.
© Boysun tumani hokimligi veb-saytlari 2025