Bugun Boysun tumani hokimligi binosida "Siyosiy-ma’rifat soat" ning navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.
"Siyosiy-ma’rifat soati" da tuman hokimi, tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda tuman hokimligi apparat xodimlari ishtirok etdi.
"Siyosiy-ma’rifat soati"da quyidagi masalalarda ma’ruzalar tinglandi:
✅ Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida;
✅ Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari;
✅ Eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishning asosiy yo‘nalishlari;
✅ 2021-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish kontseptsiyasining mazmun va mohiyati;
✅ Intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari.
© Boysun tumani hokimligi veb-saytlari 2025