Bugun Boysun tumani hokimligi binosida yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga muvofiq, yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish hamda yoshlar siyosati bo‘yicha 2025-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilash maqsadida tashkil etildi.
Boysun tumani hokimi Bahodir Shukurov boshchiligidagi sektor rahbarlari, Respublika Yoshlar ishlari agentligi mas'ul xodimi hamda tegishli mutasaddi rahbarlar tumandagi yoshlar bilan uchrashdi hamda ularning taklif va g‘oyalari, duch kelayotgan muammolarini tingladi.
Samimiy muloqot davomida tuman rahbarlari yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar, kelajakda ko‘proq yutuq va muvaffaqiyatlarga erishish yo‘llari xususida fikr-mulohazalarini bildirib, yoshlar bilan ustuvor vazifalarni belgilab olishdi.
Shuningdek, tuman hokimi hamda sektor rahbarlari tomonidan Besh tashabbus olimpiadasi doirasida 2024-yilda yuqori natijalarni qo'lga kiritgan yoshlarning yutuqlari alohida e'tirof etildi.
© Boysun tumani hokimligi veb-saytlari 2025