Boysun tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik F.Murtazoyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ 1-sonli qarorining mazmun, mohiyati va belgilab berilgan vazifalari tushuntirilib, seminar trening o‘tkazildi.
Yig‘ilishda sektor rahbarlari, tuman Adliya bo'limi boshlig'i, mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, soliq inspektorlari, ijtimoiy xodimlar, ichki ishlar xodimlari ishtirok etdi.
Seminar davomida 2025-yilning 1-choragi uchun har bir mahalla kesimida yo‘l xaritalari ishlab chiqish, shuningdek, har oy yakunida kriminogen vaziyati og‘ir va jinoyat sodir etilgan mahallalarda amalga oshirilgan ishlar va natijalar yuzasidan tanqidiy muhokamalar o‘tkazilishi, ushbu qarorning ijrosiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan rahbar va xodimlarga nisbatan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan ta’sir choralar ko‘rib borilishi to‘g‘risida yo‘riqnomalar berib o‘tildi.
Shuningdek, Tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i N.Mamadiyev tomonidan Prezidentning ushbu PQ 1-sonli qarorining mazmun, mohiyati, belgilab berilgan ustuvor vazifalari yuzasidan keng tushunchalar berilib, kelgusida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida “E-ijtimoiy profilaktika”, “E-ma’muriy ish” axborot tizimlarini amaliyotga keng jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar belgilandi.
© Boysun tumani hokimligi veb-saytlari 2025