Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan davlat xizmatchilari salomatligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu tashabbusning asosiy maqsadi – davlat xizmatchilarining sog‘lig‘ini mustahkamlab, ularning mehnat faoliyati samaradorligini oshirish hamda xalqqa sifatli va samarali xizmat ko‘rsatishini ta’minlashdir.
Bugun, Boysun tumani hokimligi apparati xodimlari, hokim o‘rinbosarlari tuman markaziy poliklinikasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik davomida xizmatchilarning umumiy salomatlik holati, kasalliklarning oldini olish va davolash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tashabbus doirasida davlat xizmatchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni saqlash bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, tibbiy ko‘rik jarayonida aniqlangan holatlar bo‘yicha zarur tavsiyalar berilib, davolash jarayonlari o‘tkaziladi.
Davlat xizmatchilari salomatligi – barqaror taraqqiyotning muhim poydevoridir!
© Boysun tumani hokimligi veb-saytlari 2025