Murojaat va yechim: Fuqarolar qabuli
Bugun Boysun tumani hokimligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda, Boysun tumani hokimi Bahodir Shukurov, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumandagi aloqador korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Fuqarolar tomonidan kadastr, ichki yo'llar ta'miri, elektr energiyasi, gaz, davolanish uchun yo‘llanma, uy joy masalasi, ish bilan ta’minlash, yoshlar masalasi va boshqa masalalarda og‘zaki va yozma murojaatlar ko'rib chiqildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Eslatib oʻtamiz, tuman hokimining fuqarolar qabuli haftaning har Seshanba kuni boʻlib oʻtadi.
© Boysun tumani hokimligi veb-saytlari 2025