Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
Archa ko‘chatlari ekish ishlari olib borildi.

Prezidentimiz tomonidan 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilgani Yangi O‘zbekistonda ona tabiatni asrab-avaylab, ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaldagi yana bir ifodasi bo‘ldi.

Boysun tumanidagi belgilangan hududlar va tashkilot muassasalarida daraxt nihollarini o‘tqazish, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ko‘paytirib, agrotexnik talab asosida parvarishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, bugun tumandagi Chilonzor mahallasidan o‘tuvchi M39 avtomobil yo‘li yoqasida tuman hokimi Bahodir Shukurov boshchiligida mahalla fuqarolari, nuroniylar, yoshlar, Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi xodimlari, obodonlashtirish boshqarmasi hamda rahbar xodimlar ishtirokida 1000 tupga yaqin archa ko‘chatlari ekish ishlari olib borildi.

Avtomobil qatnovchi yo‘llarda yashil bog‘larni tashkil etish, yashil hududlarni kengaytirish, manzarali ko‘chatlarni ekishdan asosiy maqsad avtomobillarning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish va havo musaffoligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 6 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?