Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
Lider tadbirkor ayol bilan muloqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

Tuman hokimligida Lider tadbirkor Feruza Xoliqulova ishtirokida daromad topish istagida bo‘lgan xotin-qizlar bilan muloqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Muloqot tadbirida tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Intizor Yaxshiyeva, kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i shuningdek, Toqchi mahallasining xotin-qizlar faoli hamda lider tadbirkor ishtirok etdi.

Muloqot davomida ishtirokchilar gender tenglik, tadbirkor ayollarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qilish bilan birga o‘z tajriba va yutuqlari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuning bilan birga lider tadbirkor F.Xoliqovaga daromad topish istagida bo‘lgan 20 nafar xotin-qizlar biriktirilib, bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan imkoniyatlar hamda ularni ishlarini rivojlanishi va qiziqqan kasb egalari bo‘lishlari uchun tavsiya va ko‘nikmalar berib o‘tildi.

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 9 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?