Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
Matbuot anjumani

Matbuot anjumanida Ommaviy axborot vositalari xodimlari, ijtimoiy tarmoq faollari, jamoatchilik vakillari shuningdek xalq ta’limi bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.

Dastavval tuman hokimi B.Shukurov tomonidan Boysun tumanida ta’lim sohasini rivojlantirish, mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.

Boysun maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufida 2024-yilda 59 ta umumta’lim maktabi, 1 ta ixtisoslashtirilgan maktabi hamda 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyat olib bormoqda. Maktablarda 24336 nafar o‘quvchilar ta’lim-tarbiya olmoqdalar. Shundan 12106  nafari qiz bolalarni tashkil qiladi.

 

 

Tumandagi  barcha  umumta’lim maktablarida 2023-2024-o‘quv yilida jami bo‘lib 24336 nafar o‘quvchi-yoshlarga 2218 nafar pedagog ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.

O‘qituvchilarning 1759 nafari (79.3%) oliy va 459  nafari (20.7 %) o‘rta-maxsus ma’lumotli  pedagoglardan tarkib topgan.

2023-yilda  jami  1 ming  349  nafar  bitiruvchilardan (shulardan, 834 nafari qizlar)  1332 nafari OTMlarga hujjat topshirgan bo‘lsa, shulardan  300 nafari O‘zbekistondagi OTMlarga, 212 nafari xorijiy va xususiy OTMlarga o‘qishga kirishdi.

Tumandagi 2218 nafar o‘qituvchining 188 nafari oliy malaka (8.5 %), 406 nafar birinchi (18.3 %), 499 nafari ikkinchi (22.5 %), 666 nafari mutaxassis malaka toifali (30 %), 459 nafari (20.7 %) o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilardir.

Shuningdek matbuot anjumani yakunida Ommaviy axborot vositalari xodimlari, ijtimoiy tarmoq faollari, jamoatchilik vakillari tomonidan berilgan savollarga tuman hokimi B.Shukurov tomonidan tushunchalar berib o‘tildi.

  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?