Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
Ochiq muloqot

Bugun tuman hokimligida tuman hokimi Bahodir Shukurov soha xodimlari, ijtimoiy tarmoq faollari, hamda jurnalistlar ishtirokida “Boysun tumanida tabiiy gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvini isrof qilmasdan foydalanish borasida ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risi”da ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman hokimi tumanda qurilish infratuzilmasini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan ishlar hususida ma’lumot berib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrdagi “2024 - 2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-404-sonli qaroriga asosan 36,1 mlrd. so‘m mablag‘lar yo‘naltirilgan.



“Obod xonadon” mezonlari asosida uy-joyi ta’mirga muhtoj va o‘ta og‘ir sharoitda yashayotgan oilalarning 35 ga yaqin turarjoylarining tashqi devorlari oqlandi. “Obod ko‘cha” mezonlari bo‘yicha 5 km dan ortiq ko‘chalarda shag‘allashtirish va 3,1 km piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari amalga oshirildi. 0,5 km. ichimlik suvi tarmog‘i tortilib 1,5 km tarmoqlarda joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.

Qish kunlari aholini tashvishga solgan energiya manbalari bilan bog‘liq masalalar ham o‘z yechimini topdi. Jami 2 ta transformatorlar ta’mirlandi, muddati o‘tgan 13 ta simyog‘ochlar beton ustunlarga almashtirildi, 25 dona yoritish moslamalari o‘rnatildi. 0,9 km gaz tarmog‘i ta’mirlandi, olis chekka hududlardagi aholi uchun 35-40 kundan oshmagan holda doimiy ravishda suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilganligi ma'lum qilindi.

Shuningdek, ochiq muloqot davomida ijtimoiy tarmoq faollari hamda soha vakillarini qiziqtirgan savollariga javob berilib, taklif va ma’lumotlar inobatga olindi.

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?